Energetika vazirligi tashabbusi bilan tumanning Bahoriston mahallasi hududidagi ming gektar maydonda pavlovniya plantasiyasini barpo etishga kirishildi.
Ta’kidlanishicha, kelgusida shu yerning o‘zida zavod qurilib, voyaga yetgan daraxtlarni qayta ishlash orqali briket ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, pavlovniya qator oralarini hududdagi ishsiz, kam ta’minlangan oilalarga bo‘lib berib, ularga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish, daromad olishlariga shart-sharoit yaratish ham nazarda tutilmoqda.
Sug‘orishda to‘liq suv tejovchi texnologiyalardan foydalaniladi. Hozirda qariyb 20 km masofadan suv tortib kelish ishlari yakuniy bosqichga kirgan.
Bugun energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov va viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev hududda bo‘lib, jarayonlarni borishini ko‘zdan kechirdi, aholi bilan suhbatlashdi.