Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Sirdaryodagi suv toshqini necha kishini o‘z oilasidan ajratib yuborgani ma’lum bo‘ldi

A A A
Sirdaryodagi suv toshqini necha kishini o‘z oilasidan ajratib yuborgani ma’lum bo‘ldi

Sirdaryodagi suv toshqini sababli amalga oshirilgan evakuasiya vaqtida 44 nafar shaxs o‘z yaqinlaridan alohida joyga olib borilgan va ularning o‘z oilasi bilan aloqasi uzilib qolgan. Bu haqda «Daryo»ga Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Mavlonov ma’lum qildi.

Viloyat IIB rahbarining aytishicha, ayni paytda yaqinlaridan ajralib qolgan ana shu 44 kishining o‘z oilalari bilan aloqasi tiklangan. Mazkur fuqarolarning 30 nafari erkak, 14 nafari ayol kishi bo‘lgan, ularning besh nafari voyaga yetmagan bolalar hisoblanadi.

Shuningdek, evakuasiya qilingan 89 ming nafar fuqaroning ro‘yxati to‘liq tuzilgan. Ularning qayerda va kim bilan yashayotganiga ham aniqlik kiritilgan.

Shavkat Mavlonovning ma’lum qilishicha, falokatning umumiy qurbonlari soni hozircha besh nafarni tashkil etmoqda, bir kishi bedarak yo‘qolgan. Yana bir kishining qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmoqda.

Kiritildi: 18:55 16.05.2020. O'qildi: 4347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!