Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Sirdaryoda soxta jenshenlar to‘xtatib qolindi

Sirdaryoda soxta jenshenlar to‘xtatib qolindi

Bojxona xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan biologik faol qo‘shimchalar to‘xtatib qolindi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan viloyat IIB JXX YHXB vakillari bilan hamkorlikda Guliston shahri hududida biologik faol qo‘shimchalarni noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada, oldindan tezkor kuzatuvga olingan “Gentra” rusumli avtotransport vositasi Guliston shahriga kirish ko‘prigi ostida to‘xtatilib, yukxonasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, xorijda ishlab chiqarilgan va sifatini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 43 mln. so‘mlik, jami 144 dona “Jenshen” nomli biologik faol qo‘shimchalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:37 10.07.2024. O'qildi: 1057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!