Bugun 16 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Sirdaryoda qalbaki 150 ming AQSh dollarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Sirdaryoda qalbaki 150 ming AQSh dollarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Oqoltin tumanida yashovchi, 1998 y.t. fuqaro qalbaki 150 ming AQSh dollarini “shartli xaridor”ga haqiqiy 30 ming AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur fuqaro JIB Yangiyer shahar sudining 2024 yil dekabr oyidagi hukmi bilan Jinoyat Kodeksining 168 va 176-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 1 yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va hozirda jazo o‘tayotgan shaxs hisoblanadi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Qozog‘iston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan keltirilgan ushbu qalbaki kupyuralarni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi fuqarodan olganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Hozirda tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Kiritildi: Bugun 08:01. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!