Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sirdaryoda haydovchi uxlab qoldi, oqibati fojiali tugadi

Sirdaryoda haydovchi uxlab qoldi, oqibati fojiali tugadi

Joriy yilning 30 may kuni soat 05:20 larda, Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Xovosobod MFY hududidan o‘tuvchi M-34 avtomobil yo‘lining 151-km.da “Dushanbe-Toshkent” yo‘nalishida haydovchi 1988 y.t. X.L. (erkak) “Neksiya” rusumli transport vositasini boshqarayotib, charchoq sabab harakat vaqtida uxlab qolib, boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qaram-qarshi bo‘lagini ajratib turish uchun o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, 32 yoshli haydovchi X.L. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Xovos tumani IIB TB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:45 30.05.2020. O'qildi: 2909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!