Bugun 24 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Sirdaryoda buvi va nabiraning ichki kiyimlari orasidan topilgan salkam 7 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Sirdaryoda buvi va nabiraning ichki kiyimlari orasidan topilgan salkam 7 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Sirdaryo viloyati "Malik" chegara o‘tkazish punktida yirik miqdordagi qimmatbaho zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda olib kirishga bo‘lgan urinish fosh qilindi.

Qayd etilishicha, bojxona punkti orqali harakatlanayotgan fuqarolardan biri xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganida, ichki kiyimlari orasidan oyoqlarining yuqori qismiga 19 dona o‘ram yashirganligi aniqlandi.

Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida ularning ichida 9 turdagi 468 dona qimmatbaho metalldan yasalgan va brilliant toshlar bilan bezatilgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Ushbu shaxs zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishda yonidagi 14 yoshli nevarasidan ham foydalanishga uringan. Voyaga yetmagan ushbu shaxs ham belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganida, uning ham ichki kiyimlari orasiga 12 dona o‘ram berkitilgan bo‘lib, ushbu o‘ramlarda 8 turdagi 454 dona taqinchoqlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Bojxona nazoratidan yashirilgan jami 922 dona tilladan yasalgan brilliant toshlar o‘rnatilgan zargarlik buyumlarining umumiy og‘irligi 6,7 kg.dan oshiqroq bo‘lib, umumiy qiymati 5,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Kiritildi: 17:42 05.11.2024. O'qildi: 1107 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!