Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qo‘lga olindi” – xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi

“Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qo‘lga olindi” – xodim ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi

Joriy yilning 24 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Sirdaryoda birovning xotinini yo‘ldan urib, ifloslik qilgan Toshkentning GAIsi qo‘lga olindi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. 

Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Raxmatullayevning olgan tan jarohati bo‘yicha YPXB komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan boshqarma boshlig‘i nomiga yozilgan bildirgi asosida YHXB mas’ullari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan (2-ilova) «Ichki ishlar organlarining intizom ustavi», O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-sonli «Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzgan.

Uning Ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun Toshkent viloyati IIBB YHXB xodimi A.Raxmatullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori bilan tasdiqlangan (1-ilova) «Ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 144-bandi, «k» kichik bandi «ichki ishlar organi xodimi sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi»ga asosan ichki ishlar organlaridan bo‘shatilishi bo‘yicha xulosa qabul qilingan.

Kiritildi: 10:42 25.11.2020. O'qildi: 8977 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!