Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Singapurda koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan barcha cheklovlar bekor qilindi

A A A
Singapurda koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan barcha cheklovlar bekor qilindi

Singapur hukumati 13 fevraldan boshlab koronavirus tarqalishi sababli kiritilgan barcha cheklovlar bekor qilinishini e’lon qildi. Bu haqda payshanba kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.

"Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat ham mamlakatda, ham jahonda barqaror bo‘lib qolmoqda. Sog‘liqni saqlash tizimiga tahdid minimal, dushanbadan boshlab epidemiyaga qarshi kurashish tizimining darajasi eng past darajaga tushiriladi" - deyiladi bayonotda.

Jamoat transportida niqob taqish tartibi va chegarada karantin nazorati choralari bekor qilindi. The Straits Times nashriga ko‘ra, emlanmagan sayohatchilar endi maxsus sayohat sug‘urtasini sotib olishlari yoki koronavirus testi natijalarini taqdim etishlari shart emas.

"Kelajakda xavfliroq shtammlar paydo bo‘lishi mumkinligini inkor eta olmaymiz, ammo hozir biz duch keladigan xavflar bir-ikki oy oldingiga qaraganda ancha past", dedi Sog‘liqni saqlash vaziri On YE Kun.

Pandemiya davrida Singapurda jami 2,2 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 1722 kishi vafot etgan.

Kiritildi: 21:43 09.02.2023. O'qildi: 1604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!