Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Singapur va Gonkongda COVID-19ning yangi to‘lqini xavfi tarqalmoqda

Singapur va Gonkongda COVID-19ning yangi to‘lqini xavfi tarqalmoqda

Gonkong va Singapurda koronavirus holatlarida keskin o‘sish kuzatilmoqda. Bu haqda Bloomberg’ga tayanib Hindustan Times xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Gonkongda 3 mayda yakunlangan hafta davomida og‘ir holatlar kuzatilib, o‘limlar soni 31 taga yetgan.

Mahalliy Sog‘liqni saqlash markazining Yuqumli kasalliklar bo‘limi rahbari Albert Au virus faolligini «juda yuqori» deb baholagan. Gonkongda nafaqat laboratoriyada aniqlangan holatlar ko‘paygan, balki oqova suvlarda aniqlangan virus yuklamasi ham oshgan. Shuningdek, shifokorlarga murojaat qiluvchilar va kasalxonaga yotqizilganlar sonida ham sezilarli o‘sish bor.

Singapurda esa 3 mayda tugagan haftada COVID-19 holatlari 28% ga ko‘payib, bemorlar soni 14 200 nafarga yetgan. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, holatlarning ortishiga odamlar immunitetining pasaygani sabab bo‘lishi mumkin. Ayni paytda, tarqalayotgan shtammlar pandemiya davridagidek xavfli yoki yuqori yuqumli ekani to‘g‘risida dalillar mavjud emas.

Mutasaddilar aholiga, ayniqsa xavf guruhiga mansub shaxslarga qo‘shimcha emlash (booster) olishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, shaxsiy gigiyena va jamoat joylarida ehtiyot choralariga rioya qilish muhimligi ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 01:47. O'qildi: 353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!