Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Singapur prezidenti "Afrosiyob" poyezdida Samarqandga bordi

A A A
Singapur prezidenti "Afrosiyob" poyezdida Samarqandga bordi

Davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Singapur prezidenti Halima Yaqub bugun O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Z.Mahkamova hamrohligida Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

"Afrosiyob" poyezdida qadimiy kentga kelgan oliy martabali mehmonni Samarqand viloyati hokimi Erkin Turdimov kutib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Singapur prezidenti Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining muntazam reysi bilan Ostonadan Toshkentga uchib kelgandi.

Kiritildi: 11:37 25.05.2023. O'qildi: 2261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!