Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra, "Sijjak" dam olish oromgohidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan qabul qilingan mol-mulklar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasiga mulk huquqi asosida o‘tkazib beriladi.
Ma’lumot uchun, ushbu dam olish maskani muqaddam Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan. 2017 yilda musodara qilingan. 2019 yilda Sijjak qo‘rg‘onidagi hashamatli qarorgoh ichidagi barcha jihozlari bilan O‘zbekiston triatlon federasiyasiga tekin foydalanishga berilgan.