Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Sigirlar sirli ravishda qirilib ketmoqda...

A A A
Sigirlar sirli ravishda qirilib ketmoqda...

«La Nacion» gazetasi xabariga ko‘ra, Argentinaning Santa Fe viloyatida homilador sigirlar sirli ravishda qirilib ketmoqda.

Bu hodisa San-Xavyer departamentiga qarashli fermada sodir bo‘lgan. Ferma egasi Norberto Biyeryning so‘zlariga ko‘ra, nobud bo‘lgan barcha sigirlarning til va jag‘lari qayoqqadir g‘oyib bo‘lgan. Bundan tashqari, agar buni qotillik deb faraz qiladigan bo‘lsak, bir tomchi ham qon topilmagan. Fermer barcha hayvonlar lazer nuri yordamida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin degan taxminni ilgari surmoqda.

Fermer mahalliy gazetalar va veterinarlarga murojaat qilib, bu sirni yechishda yordam so‘radi. Afsuski, shifokorlar o‘lim sababini aniqlay olishmadi. Ammo jurnalistlar shu kabi hodisalarning viloyatning boshqa qismlarida ham so‘nggi haftalarda sodir bo‘lganligini aniqladilar.

Ularning taxminicha, sigirlarning bu tarzda sirli nobud bo‘lishida o‘zga sayyoraliklarning qo‘li borga o‘xshaydi. Yana bir taminga ko‘ra esa bu hududda afsonaviy maxluq chupakabra yashaydi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, ikkinchi taxmin olimlar tomonidan darhol rad etildi.

 

Kiritildi: 17:13 08.08.2018. O'qildi: 2339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik