Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Siam egizaklarini ilk bor kim ajratgan?

Siam egizaklarini ilk bor kim ajratgan?

 

“Hayotimdagi burilish, o‘zgarish nuqtasi — onam televizorni o‘chirib, berkitib qo‘yib, meni o‘qishga majbur qilgan kuni bo‘ldi”.

Ushbu gapni aytgan odam amerikalik vrach, neyroxirurg Ben Karson bo‘lib, u dunyoda ikkinchi bo‘lib siam egizaklarini bir-biridan ajratgan doktor hisoblanadi.

Ha, televizorni ko‘p ko‘rish vaqtning zoye bo‘lishiga olib keladi. biz uning o‘rniga dunyoimiz va oxiratimizga foydasi bor bo‘lgan kitoblarni ko‘proq o‘qib, ilmimizni oshirib borishimiz, vaqtdan unumli foydalanishimiz kerak.

“Xo‘sh, agar Ben Karson ikkinchi bo‘lsa, unda yopishgan egizaklarni bir-biridan ajratgan birinchisi inson kim ekan?” deb o‘ylayotgandirsiz?

Bu ishni Allohning fazlu marhamati bilan ilk bor amalga oshirgan inson – mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahimahulloh bo‘ladilar. U kishining davrlarida ham tanasi yopishib tug‘ilgan egizaklar bo‘lgan ekan. Egizaklarning biri vafot etgach, tirigini undan ajratib olish kerak bo‘ladi. Shunda buyuk imom o‘lgan tarafini yerga ko‘mib qo‘yishni tavsiya qiladilar. Tirigiga esa bir necha kun davomida ko‘z-quloq bo‘lib, ovqat berib turishadi. Oradan kunlar o‘tib, yerda turganligi sababli ular o‘rtasidan ajraladi. Shunday qilib, egizaklarning yer ustida turgani tirik qoladi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

“Erni o‘ziga tortuvchi qilmadikmi? Tiriklarni va o‘liklarni?” (Mursalot surasi, 25-26-oyatlar).

Ha, Robbimiz yerni o‘ziga tortuvchi qilib yaratgan. Alloh taolo mazhabboshimiz Imom Abu Hanifani rahmatiga olsin!

 

 

Internet ma’lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi.

Kiritildi: 19:25 07.10.2019. O'qildi: 5414 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!