Bugun 9 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

Si Trampga ogohlantiruvchi o‘q otdi

Si Trampga ogohlantiruvchi o‘q otdi

Xitoyning strategik metallar eksportini nazorat qilishi, prezident Donald Trampning tariflarni oshirishiga javob tariqasida, iqtisodiy zarba sifatida emas, balki Qo‘shma Shtatlarni muzokaralar stoliga jalb qilish uchun ogohlantirish sifatida baholanmoqda.

O‘tgan hafta oxirida Tramp o‘zining birinchi muddatida boshlagan savdo urushini kuchaytirdi va Xitoy tovarlariga qo‘shimcha 10 foiz savdo bojlarini joriy etdi. Buning sababi AQShdagi fentanil inqirozini keltirib chiqarayotgan dastlabki moddalar oqimini cheklash zarurati ekan.

AQShning uchinchi yirik savdo hamkori seshanba kuni volfram, vismut, indiy, molibden va tellur eksportini cheklash orqali javob berdi. Bu uch oydan kamroq vaqt ichida Pekinning o‘z resurs ustunligidan foydalanishining uchinchi holati bo‘ldi.

Ushbu metallar orasida volfram eng katta strategik zaiflikni keltirib chiqaradi. AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy dunyo ta’minotining 80 foizini va AQSh volfram importining 45 foizini ta’minlaydi.

Deyarli olmos kabi qattiq va yuqori energiya zichligiga ega bo‘lgan volfram zirh teshuvchi o‘qlar singari qurollarni ishlab chiqarishda, shuningdek, elektr lampochkalaridan tortib elektromobil batareyalarigacha bo‘lgan turli fuqarolik sohalarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Sentyabr oyida Bayden ma’muriyasi AQSh sanoatini Xitoy nazoratidagi ta’minot zanjirlaridan ozod qilish strategiyasi doirasida volfram va boshqa muhim xom ashyolarga 25 foizlik boj soliq joriy etdi.

Shu bilan birga, Torontoda joylashgan Almonty Industries global kon qazish kompaniyasi yaqinda Janubiy Koreyadagi volfram konini qayta ishga tushirdi va 2027 yilga kelib jahon talabining 12 foizini qondirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Xitoy bundan avval, o‘tgan yilning oxirida AQShning Rossiyaga elektronika va harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa tovarlarni yetkazib berishda ayblanganXitoy firmalariga qarshi sanksiyalariga javoban volframni nishonga olgan edi.

Kiritildi: 21:40 08.02.2025. O'qildi: 2132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!