Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Si Szinpin sun’iy intellektni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzishni taklif etdi

Si Szinpin sun’iy intellektni nazorat qilish bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzishni taklif etdi

Reuters agentligining xabar berishicha, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (APEC) davlatlari rahbarlarining uchrashuvida, XXR raisi qarorgohi Shanxayda joylashgan sun’iy intellekt sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi tashkilot tuzishni taklif qilgan.

Nashrning yozishicha, Si Jahon sun’iy intellekt hamkorlik tashkiloti boshqaruv qoidalarini o‘rnatishi va sun’iy intellektni xalqaro hamjamiyat uchun ijtimoiy ne’matga aylantirishi mumkinligini ta’kidlagan.

Xitoy rasmiylarining The Economic Times nashriga ma’lum qilishicha, tashkilot Shanxaydagi tijorat markazida joylashishi mumkin.

Si, shuningdek, o‘z nutqida APECni "yashil" texnologiyalarning - akkumulyator ishlab chiqarishdan tortib, Xitoy hukmronlik qiladigan quyosh panellarigacha bo‘lgan bir qator sohalarning erkin tarqalishiga ko‘maklashishga chaqirdi.

Kiritildi: 21:55 01.11.2025. O'qildi: 1369 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!