Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Si Szinpin KXDRga boradi

Si Szinpin KXDRga boradi

Koreya Markaziy axborot agentligi xabar berishicha, Xitoy Raisi Si Szinpin 8-9 iyun kunlari mamlakat rahbari Kim Chen Inning taklifiga binoan KXDRga davlat tashrifi bilan boradi. Xitoy rahbari oxirgi marta 2019 yil bu davlatga kelgan.

"Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi Davlat ishlari bo‘yicha raisi o‘rtoq Kim Chen Inning taklifiga binoan, Xitoy Kommunistik partiyasi bosh kotibi va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin 8-9 iyun kunlari KXDRga davlat tashrifi bilan boradi", deyiladi xabarda.

Mart oyida Kim Chen In Shimoliy Koreya va Xitoy o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik mustahkamlanishini ta’kidlagan edi.

Shimoliy Koreya rahbari Si Szinpinga Koreya Mehnat partiyasi bosh kotibi etib qayta saylangani munosabati bilan tabriklagani uchun minnatdorchilik bildirgan.

Kim Chen In xitoylik hamkasbining tabriknomasi u va partiyaning barcha a’zolari uchun qo‘llab-quvvatlash va dalda belgisi ekanligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 14:32. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!