Bugun 2 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Shveysariyadagi yong‘inning ehtimoliy sababi petarda bo‘lishi mumkin

Shveysariyadagi yong‘inning ehtimoliy sababi petarda bo‘lishi mumkin

Shveysariyaning Krans-Montana tog‘ kurortidagi barda kamida 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan yong‘inga petarda sabab bo‘lgan.

Bu haqda Italiyaning Berndagi elchisi Jan Lorenso Kornado Rai News telekanalida ma’lum qildi.

"Portlash osma shiftga otilgan petarda sabab bo‘lishi mumkin", — dedi diplomat.

Italiya rasmiylari Shveysariyaning tog‘ kurortidagi barda yuz bergan yong‘in qurbonlari orasida italiyaliklar ham bo‘lishi mumkinligini inkor etmadi.

"Og‘ir kuyishlar tufayli qurbonlarning shaxsini aniqlashning imkoni yo‘q", — deyiladi Italiya TIV bayonotida. Italiya diplomatik xizmatlari fojia vaqtida barda bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun Shveysariya rasmiylari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:05. O'qildi: 193 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!