Shveysariyadagi Ukraina tinchlik sammiti ishtirokchilarining bayonotlaridan iqtiboslar:
◾️ AQSh vise-prezidenti Kamala Harris: Putin muzokalar uchun o‘z shartlarini e’lon qildi. Biroq bu muzokaraga emas, taslim bo‘lishga chaqiriq hisoblanadi.
◾️Evropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen: Mojaroni muzlatish muammoning yechimi emas.
◾️ Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel: Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi tinchlik tomonlar o‘rtasida muloqotni talab qiladi, ammo u qachon boshlanishini Kiyev hal qiladi.
◾️Saudiya Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farxon Ol Saud: Ukraina va Rossiya Federasiyasi tinchlikka erishish uchun murosa qilishlari kerak;
◾️Gana prezidenti Nana Akufo-Addo: Rossiya bozorlarni beqarorlashtirib, butun Afrika qit’asida oziq-ovqat taqchilligi va narxlarning oshishiga sabab bo‘lmoqda.
◾️Polsha Prezidenti Anjey Duda: Belarus Ukrainadagi mojaroda Rossiya tomonida qatnashmoqda.
◾️ Germaniya kansleri Olaf Shols: Ukrainadagi tinchlikka Rossiyani jalb qilmasdan erishib bo‘lmaydi. Ammo Moskva o‘z urushini davom ettirmoqda. Rossiya urushni bugun yoki istalgan vaqtda tugatishi mumkin.
◾️Chili Prezidenti Gabriyel Borich: Isroilning G‘azo sektoridagi xatti-harakatlarini Rossiya Federasiyasining Ukrainadagi harakatlari bilan taqqoslash mumkin.
◾️ Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb: Xitoyni Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Ukraina urushini tugatish uchun ta’sir o‘tkazishga chaqiraman.