Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Shveysariyada Gulnora Karimova ustidan pul yuvish va boshqa jinoyatlarga oid sud ishi boshlanadi — Finews

Shveysariyada Gulnora Karimova ustidan pul yuvish va boshqa jinoyatlarga oid sud ishi boshlanadi — Finews

27 aprel, dushanba kuni Shveysariya Federal jinoyat sudida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova va boshqalar ustidan sud boshlanadi. Finews manbalariga ko‘ra, ushbu jarayon nafaqat Karimova, balki Shveysariyaning Lombard Odier kabi yirik banklarining faoliyati va korporativ javobgarligini ham qamrab olgan.

Mazkur ishda Karimova O‘zbekiston aloqa bozoriga kirishni istagan kompaniyalardan pora undiruvchi “Ofis” tarmog‘ini boshqarganlikda ayblanmoqda.

Shveysariya Federal jinoyat sudi ayni shu ish doirasida o‘z tarixida ilk marta mamlakatdan tashqariga chiqib so‘roq o‘tkazgan. 2026 yil boshida Toshkentda Karimova bilan ikkinchi marta sud so‘rog‘i bo‘lib o‘tgan (u hozir O‘zbekiston qonunchiligi bo‘yicha jazo muddatini o‘tamoqda).

Ko‘rsatma olish jarayoniga O‘zbekiston tomoni cheklovlar joriy etgani aytilyapti: Shveysariya sudyalari savollarni faqat O‘zbekiston Bosh prokuraturasi orqali yo‘llagan, ularning o‘zi sudlanuvchiga bevosita savol berishiga imkon berilmagan. Qolaversa, O‘zbekiston tomonining maxfiylik talablari va bu talablarga rioya etilmagan taqdirda jinoiy sanksiyalar qo‘llanishi haqidagi ogohlantirishi tufayli, himoyachilar ko‘rsatma olish jarayonida qatnashishdan bosh tortgan. Natijada ushbu ko‘rsatmalar Shveysariyaning dalil to‘plash standartlariga javob berishi va sudda qanchalik kuchga ega bo‘lishi savol ostida qolmoqda.

Asosiy sudlanuvchilar sud majlislarida bevosita ishtirok etishi ehtimoli kam: 53 yoshli Gulnora Karimova Toshkentda qamoqda, biznes hamkori qayerdaligi esa noma’lum. Shu sababli sudyalar sudlovni sirtdan olib borish yoki ishni qismlarga bo‘lish zaruratini ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 19:35. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!