Shveysariya hukumati milliy avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha 5,4 milliard yevrolik loyihani referendumga qo‘ydi. Ammo mamlakat aholisining aksariyati - 52,7 foizi uning amalga oshirilishiga qarshi ovoz berdi.
Shveysariyaning milliy yo‘l tarmog‘i o‘tkazish qobiliyati chegarasiga yetgan. Mamlakat hududi asosan tog‘liklardan iboratligi sababli yangi avtomobil yo‘llari qurilishi murakkablashmoqda, shu bilan birga yo‘llarda avtomobillar soni yildan-yilga ortib bormoqda.