Jenevada Rossiya, AQSh va Ukraina ishtirokidagi uch tomonlama muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tkaziladi.
Bu haqda Shveysariya Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
"Ommaviy axborot vositalari vakillariga Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralarda qatnashishga ruxsat berilmaydi", deyiladi bayonotda.