Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Shveysariya Italiya bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Shveysariya Italiya bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi

Neytral Shveysariya va NATO a’zosi Italiya 9-20 sentyabr kunlari ilk bor qo‘shma havo kuchlari mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.

Bu haqda Shveysariya hukumati ma’lum qildi.

"2024 yilning 9-20 sentyabr kunlari Shveysariya va Italiya harbiy-havo kuchlari Istrana shahrida (Italiya) qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Birinchi marta tashkil etilayotgan ushbu mashg‘ulot Shveysariya va Italiya imkoniyatlarini taqqoslaydi, ularni rivojlantiradi va o‘zaro hamkorlikni yaxshilaydi. SIFEX deb nomlangan mashg‘ulotlarda Shveysariya F/A-18 jangovar samolyotlari, Italiya Harbiy-havo kuchlari esa Eurofighter va F-35 qiruvchi samolyotlaridan foydalanadi”, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Shveysariya armiyasi Italiyaga jami 50 nafar harbiy xizmatchini yuboradi. Mashqlar Shveysariya va Italiya o‘rtasida 2004 yilda imzolangan harbiy tayyorgarlik bo‘yicha hamkorlik doirasidagi qo‘shma tadbirlar to‘g‘risidagi kelishuv asosida o‘tkazilmoqda.

Shveysariya hukumat tomonidan 2024 yil 31 yanvarda qabul qilingan tashqi siyosat strategiyasida NATO bilan aloqalarni mustahkamlash, jumladan, harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etish va armiyaning o‘zaro hamkorligini yaxshilashga sodiqligini tasdiqladi.

Kiritildi: 22:34 09.09.2024. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!