Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Shvesiyada musulmon bolalar o‘qiydigan maktabga o‘t qo‘yildi

A A A
Shvesiyada musulmon bolalar o‘qiydigan maktabga o‘t qo‘yildi

Shvesiyaning Erubru shahrida musulmon oilalarning farzandlari tahsil oladigan Alsalamskolan maktabiga o‘t qo‘yildi.

Maktab direktori Husayn Aldaodi SVT telekanaliga bergan intervyusida jinoyatni niqob taqqan ikki noma’lum shaxs amalga oshirganini ma’lum qildi. Ularning maktabga o‘t qo‘yayotgani aks etgan videokuzatuv tasvirlari polisiyaga topshirilgan.

“Ular birinchi qavatning oynasini sindirib, yonuvchan moddani ichkariga otishgan. Hodisa ertalab barvaqt sodir bo‘lgani uchun, yaxshiyamki, maktabda hech kim yo‘q edi”, – dedi Husayn Aldaodi.

Ayni paytda polisiya ushbu hodisa bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Hodisa natijasida maktabga qanchalik zarar yetgani haqida ma’lum qilinmadi.

Kiritildi: 19:25 15.03.2021. O'qildi: 2853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!