Shvesiya ukrainalik uchuvchilarga Saab JAS 39 Gripen qiruvchi samolyotlarida tayyorlanishga ruxsat berishga qaror qildi. Bu haqda TV4 telekanali mamlakat mudofaa vaziri Pol Yonsonga tayanib xabar bermoqda.
Telekanalning ma’lum qilishicha, Shvesiya va Ukraina tomonlari ba’zi qarorlar bo‘yicha kelishib olishlari kerak, biroq uchuvchilarni tayyorlashning boshlanishiga Ukrainaning kelajakda Gripen samolyotlarini olishi uchun birinchi qadam sifatida qarash mumkin.