O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov Qozog‘iston Respublikasi harbiy-dengiz kuchlari harbiy xizmatchilarining halok bo‘lgani munosabati bilan Toshkent shahridagi Qozog‘iston Respublikasi Elchixonasiga tashrif buyurib, chuqur ta’ziya izhor etdi.
Tashrif davomida Qozog‘iston xalqi hamda marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirilib, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va Qozog‘iston mudofaa idoralari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va yaqin hamkorlikning, shuningdek, hamdardlik va o‘zaro birdamlikning yorqin ifodasi bo‘ldi