"Yuventus" klubining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronalduga juda o‘xshaydigan yigit Parij ko‘chalarida mashhur bo‘lib ketdi.
Ronaldu ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan bu yigit ko‘zoynak taqib va Portugaliya terma jamoasi libosini kiyib, Fransiya poytaxtini kezib yuribdi. Tabassumi ham Ronalduniki bilan bir xil. Bir qarashda bu Ronaldu emas, boshqa inson ekanligiga ham ishonish qiyin. Ayni damda Ronalduning egizagi parijliklarning sevimlisiga aylanib ulgurdi. U bilan suratga tushishmoqda, dastxat olishmoqda.