Bugun Musulmonlar idorasi Ichki nazorat komissiyasida SH. Egamberdiyevning tarmoqdagi chiqishlari muhokama qilindi.
Unda imom-xatibning e’tirozlarga sabab bo‘lgan chiqishlari imomlik maqomiga to‘g‘ri kelmasligiga urg‘u qaratildi.
Domla xatoga yo‘l qo‘yganini e’tirof etdi va uzr so‘radi.
Imom-xatib kelgusidagi faoliyatida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi.