Shri-Lankada harbiy vertolyot qulashi oqibatida olti nafar harbiy halok bo‘ldi.
Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Mamlakat harbiy-havo kuchlari vakili, guruh kapitani Eranda Jiganagening so‘zlariga ko‘ra, voqea 9 may kuni sodir bo‘lgan.
Bell 212 vertolyoti orolning markaziy qismida joylashgan Maduru Oya suv omboriga qulagan. Samolyot bortida o‘nga yaqin harbiy xizmatchi bo‘lgan.
"Vertolyotga jangovar harakatlar tugashiga bag‘ishlangan paradga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish topshirilgan edi. To‘rtta maxsus bo‘linma va havo kuchlarining ikki nafar xodimi olgan jarohatlari tufayli shifoxonaga yetkazilganidan keyin halok bo‘ldi", — dedi Jiganage.
U halokatning ehtimoliy sabablari haqida ma’lumot berishdan bosh tortdi.