Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shri-Lanka polisiyasi 2019 yilgi hujumlarga aloqadorlikda sobiq razvedka boshlig‘ini hibsga oldi

Shri-Lanka polisiyasi 2019 yilgi hujumlarga aloqadorlikda sobiq razvedka boshlig‘ini hibsga oldi

Shri-Lanka polisiyasi mamlakat razvedka xizmatining sobiq rahbari general-mayor Suresh Sullini 2019 yilda taxminan 270 kishining hayotiga zomin bo‘lgan xudkushlik portlashlari bilan bog‘liqlikda hibsga oldi.

Bu haqda AP axborot agentligi polisiya vakili Fredrik Vutlerga tayanib xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, polisiya xudkush terrorchilarni "Islomiy davlat" (ID) ilhomlantirgan deb hisoblaydi. Jinoyat qidiruv departamenti Sullining hujumlar bilan bog‘liq "aloqalari yoki kamchiliklari"ni tekshirmoqda.

2019 yil 21 aprel kuni ikkita islomiy guruh deyarli bir vaqtning o‘zida Pasxa yakshanbasida cherkovlar va yetakchi sayyohlik mehmonxonalarini nishonga olgan holda oltita xudkushlik portlashini amalga oshirdi. Hujumchilar tomonidan olingan videolavhalarda ularning ID guruhiga sodiqlik qasamyodini o‘qiyotganliklari ko‘rsatilgan.

Kiritildi: Bugun 17:31. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!