Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shri-Lanka harbiy-havo kuchlarining vertolyoti qutqaruv operasiyasi vaqtida halokatga uchradi

Shri-Lanka harbiy-havo kuchlarining vertolyoti qutqaruv operasiyasi vaqtida halokatga uchradi

Shri-Lanka harbiy-havo kuchlarining vertolyoti “Ditva” tropik bo‘roni bosib olgan orolda qutqaruv operasiyasi vaqtida halokatga uchradi, natijada uchuvchi halok bo‘ldi.

Bu haqda Shri-Lanka harbiy-havo kuchlari o‘z bayonotida ma’lum qilgan.

Hodisa yordam yetkazayotgan va odamlarni suv bosgan hududlardan evakuasiya qilayotgan vertolyot odatiy vazifani bajarayotgan vaqtda yuz bergan. Uchuvchi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan va u yerda vafot etgan. Vertolyotda bo‘lgan yana to‘rt kishi jarohatlangan.

Kuchli "Ditva" tropik sikloni Shri-Lankada suv toshqini va vayronagarchilikka olib keldi. Rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi.

Kiritildi: 08:15 01.12.2025. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!