Bugun 23 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Shomurodovning bosh murabbiyi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi!

Shomurodovning bosh murabbiyi faoliyatini yakunlashini e’lon qildi!

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Ranyeri joriy mavsum yakunlangach, faoliyatini yakunlash fikridan qaytmaganini ma’lum qildi.

73 yoshli mutaxassis "Kalyari"ni A Seriyaga olib chiqqach, murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi, ammo inqirozli mavsumda "Roma"ga qaytish taklifini qabul qildi. Rimliklar A Seriyadagi so‘nggi oltita o‘yinda g‘alaba qozonib, yevrokuboklar zonasidan ikki ochko ortda qolgan holda turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Nafaqaga chiqishni kechiktirmoqchimanmi? Yo‘q, yo‘q, faoliyatini yakunlash - bu to‘g‘ri qaror!

Jadval bo‘yicha bunday keskin ko‘tarilishni kutganmidim? Men bunga unchalik hayron bo‘la olmayman, chunki o‘z ishimda doimo ijobiy kayfiyatda bo‘lganman. Bu yerga kelganimda o‘ziga bo‘lgan ishonchini biroz yo‘qotgan kuchli tarkibni ko‘rdim. Shunchaki ularni birlashtirishga, ularda ishonch uyg‘otishga, ularga loyiq bo‘lgan narsani berishga harakat qildim. Ular yana bir butun bo‘lib, katta yutuqlarga erishdilar. Endi mavsumning eng go‘zal va eng qiyin qismi boshlanadi", - dedi 73 yoshli mutaxassis.

Kiritildi: 12:48 19.03.2025. O'qildi: 1152 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!