Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Shomurodov yana ikkinchi o‘ringa tushib qoldi

Shomurodov yana ikkinchi o‘ringa tushib qoldi

Turkiya Superligasi o‘zining qizg‘in pallasiga yetib kelmoqda.

Ayna vaqtda Chempionatning 22-tur bellashuvlari yakunlangan va Istanbulning "Galatasaroy" jamoasi peshqadamlik qilmoqda. To‘purarlar poygasida ham raqobat kundan-kunga ortib boryapti. "Trabzonspor" forvardi Paul Onoucho 16ta gol urgan holda, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ikkinchi pog‘onadan esa O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Istanbul Bashakshexir" klubi hujumchisi Eldor Shomurodov joy olgan. Uning hisobida 15ta gol bor. Uchinchi o‘rindan esa ikki nafar futbolchi joy olgan. "Fenerbaxche" klubi futbolchisi Anderson Taliska va "Galatasaroy" forvardi Mauro Ikardi raqiblar darvozasini 13 martadan ishg‘ol qilgan.

Image

Kiritildi: 23:56 17.02.2026. O'qildi: 1973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik