Eldor Shomurodov «Roma» safida yana zaxiradan maydonga tushib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
O‘zbekistonlik hujumchi A Seriya 31-turidan o‘rin olgan «Yuventus» (1:1) bilan bahsda tanaffusdan so‘ng o‘yinga qo‘shilib, 49-daqiqada to‘p kiritdi.
E’tiborlisi, 29 yoshli forvard A Seriyaga kelganidan beri liganing eng yaxshi zaxira o‘yinchilaridan biri sanaladi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, 2020-21 yilgi mavsumdan buyon A Seriyada faqat ikki futbolchi zaxiradan maydonga tushganidan keyin Eldordan ko‘proq gol urgan: Lautaro Martines («Inter») — 16 gol va Pedro («Lasio») — 11.
3-o‘rinni Shomurodov egallab turibdi. U Italiya yuqori divizionida zaxiradan tushib, 10 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.