Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shols Makron bilan AQShdagi saylov natijalarini muhokama qildi

A A A
Shols Makron bilan AQShdagi saylov natijalarini muhokama qildi

Germaniya Federal Respublikasi kansleri va Fransiya prezidenti 6 noyabr kuni ertalab telefon orqali suhbatlashdi, deb ma’lum qildi Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt.

Shols va Makron "bu masala yuzasidan harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib oldilar," deya ta’kidladi Xebeshtrayt.

Makron, shuningdek, Shols bilan fikr almashganini aytib, X ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi: "Biz uchun yangi bo‘lgan bu vaziyatda yanada yagona, kuchli va mustaqil Yevropa uchun ishlaymiz. AQSh bilan hamkorlikda va manfaatlarimiz hamda qadriyatlarimizni himoya qilgan holda."

Kiritildi: 16:12 06.11.2024. O'qildi: 1826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!