Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shols: "Germaniya yadro quroliga ega bo‘lishiga qat’iyan qarshiman"

A A A
Shols: "Germaniya yadro quroliga ega bo‘lishiga qat’iyan qarshiman"

Germaniya yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak.

Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Shols ARD telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi.

"Men Germaniyaning yadro quroliga ega bo‘lishiga qat’iyan qarshiman" - deb ta’kidladi Germaniya hukumati rahbari.

Shols bunday tashabbuslarga qat’iy qarshilik ko‘rsatishiga ishontirdi. Uning fikricha, mamlakat chegaralarini himoya qilish uchun oddiy qurollarni ishlab chiqishi kerak.

Bundan tashqari, kansler Germaniya Buyuk Britaniya va Fransiya bilan yadro kallaklarini olib o‘tmaydigan raketalar ishlab chiqishga kelishib olganini eslatdi.

Kiritildi: 09:24 11.11.2024. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!