Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Shols Germaniya mudofaa byudjetini YAIMning 3,5 foizigacha oshirish g‘oyasini tanqid qildi

Shols Germaniya mudofaa byudjetini YAIMning 3,5 foizigacha oshirish g‘oyasini tanqid qildi

Shols Germaniya mudofaa byudjetini YAIMning 3,5 foizigacha oshirish g‘oyasini tanqid qildi.

Bu taklif “Yashillar” partiyasidan kanslerlikka nomzod Robert Habek tomonidan ilgari surilmoqda.

"Mudofaa byudjetini 80 milliard yevrodan 140 milliard yevrogacha, deyarli ikki baravar oshirishni taklif qilyapsizlar, lekin bu pul aynan nimaga sarflanishini va qayerdan olinishi kerakligini tushuntirmayapsizlar. Buni kim to‘laydi? Fuqarolarmi?", — dedi kansler Stern jurnaliga bergan intervyusida.

Nemis ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, Germaniya 2024 yilda o‘n yilliklar davomida birinchi marta mudofaa harajatlarini YAIMning 2 foizi darajasiga yetkazdi. Shu bilan birga, Germaniyada harbiy xarajatlarni yanada ko‘paytirish uchun mablag‘ni qayerdan topish masalasi judayam dolzarb bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: 22:00 08.01.2025. O'qildi: 519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!