Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Shoir Azim Suyun vafot etdi

A A A
Shoir Azim Suyun vafot etdi

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Azim Suyun (suratda) vafot etgan.

Azim Suyun

Azimboy Alimovich Suyunov 1948 yil Samarqand viloyatiga qarashli Nakurt qishlog‘ida tug‘ilgan. 1977 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan.

Azim Suyun harbiy xizmat burchini o‘tab qaytgach, poytaxt qurilishlarida mehnat qilgan. Keyinchalik "Toshkent universiteti" gazetasida adabiy xodim, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir bo‘lib ishlagan. 1993–2002 yillarda "O‘zbekiston ovozi" va "Golos Uzbekistana" gazetalarining bosh muharriri bo‘lgan.

Adibning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz.

Kiritildi: 11:07 09.03.2020. O'qildi: 6322 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!