Shivit (ukrop) – ovqatlanishda eng ko‘p ishlatiladigan shifobaxsh ko‘kat. Bu o‘simlik tarkibida juda ko‘p vitamin va mineral moddalar mavjud. Shivitning mayin barglari va nozik tanasi askorbin kislota, karotin, pektin, uglevod, kaliy, fosfor, temir, kalsiy kabi ko‘plab vitamin va mikrounsurlar manbai. Shuningdek, shivitda ko‘p miqdorda oqsil, olein va linol kislotalari, o‘ziga xos iforga ega efir moylari bor.
Shivit tarkibidagi magniy tuzi va temir moddasi qon aylanish jarayonini kuchaytirishga yordam beradi. Bu o‘simlik ayniqsa yurak va qon tomirlar faoliyatini yaxshilaydi. Tarkibidagi shifobaxsh moddalar miyadagi qon tomirlarni kengaytirib, yurak mushagini mustahkamlaydi. Nafas olish a’zolari kasalliklarida, qon bosimining ko‘tarilishi, ko‘rishning pasayishi holatlarida ham shivit shifobaxsh omil sifatida ishlatiladi.
Shivit (ukrop) damlamasi sizga yordam beradi. Doimiy ravishda ushbu damlamani ichadiganlarning qon bosimi pasayadi, stressdan xalos bo‘ladi, uyqusizlik va migren yo‘qoladi.
Damlamani tayyorlash uchun yarim choyqoshiq quritilgan shivit urug‘ini oling, bir stakan qaynoq suv quying, 20 daqiqa davomida qaynating. Suzib oling, shakar yoki asal qo‘shing. Olingan damlamani 3 ta teng qismga bo‘lib, kuniga 3 marta iching