Bugun 13 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Shimoliy Koreya Yapon dengizigi ikkita qisqa masofali raketa uchirdi

A A A
Shimoliy Koreya Yapon dengizigi ikkita qisqa masofali raketa uchirdi

Payshanba kuni Shimoliy Koreya Yapon dengiziga ikkita raketani uchirdi, ular qisqa masofali ballistik raketalar ekanligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya harbiylariga tayanib, Kuodo agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalar Shimoliy Koreyaning sharqiy Xamgyon-Namdo provinsiyasida ertalab soat 8:00da, besh daqiqalik farq bilan uchirilgan. Ular taxminan 190 km uchib, taxminan 20 km balandlikka ko‘tarilishdi.

Yaponiya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, snaryadlar Yaponiyaning eksklyuziv iqtisodiy zonasi hududiga yetib bormagan va dengizga qulagan. Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Agar tasdiqlansa, bu yil boshidan beri oltinchi uchirilish bo‘ladi.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 27 yanvar kuni Tokioda jurnalistlarga hukumat so‘nggi raketa uchirilishi haqida ma’lumot tayyorlayotganini aytdi.

Kiritildi: 17:51 27.01.2022. O'qildi: 1895 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!