Shimoliy Koreya mamlakat yetakchisi Kim Chen In tanqid qilingan varaqalar tarqatilishiga javoban Janubiy Koreyaga yana go‘ng va axlat to‘ldirilgan sharlarni uchirdi. Bu haqda "Yonhap" agentligi Janubiy Koreya harbiylariga tayanib xabar berdi.
«Birlashgan shtab boshliqlari insonlarga sharlarga yaqinlashmaslik va ular haqida yaqin atrofdagi harbiy yoki polisiya idoralariga xabar berishni tavsiya qildi, shuningdek, havo sharlari jarohat yetkazishi mumkinligi haqida ogohlantirdi», deyiladi manbada.
29 may kuni Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga axlat bilan to‘ldirilgan 150 dan ortiq shar jo‘natgandi. Bundan biroz oldin Shimoliy Koreya rasmiylari Seul tomonidan tashviqot materiallari, jumladan, Kim Chen Inni tanqid qilgan varaqalar tarqatilishiga javob berishlarini e’lon qilgandi.