Parij Olimpiadasida sportchilarga sovg‘a sifatida Samsung smartfonlari berilgan. Ammo Shimoliy Koreyalik sportchilar bundan mosuvo qilingan.
Bunga aynan nima sabab bo‘lgani ma’lum emas. BMT Xavfsizlik Kengashi KXDRga texnik uskunalar yetkazib berishni cheklovchi rezolyusiyani qabul qilgan. Taxminlarga ko‘ra, aynan shu sabab bo‘lishi mumkin.