Shimoliy Koreya Rossiyaga 122 va 155 mm kalibrli 10 millionga yaqin snaryadlar yetkazib beradi, deya xabar bermoqda siyosatshunos Yuriy Baranchik.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv “400 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni urishga qodir bo‘lgan takomillashtirilgan HIMARS analoglari”ni ham o‘z ichiga oladi.
“Bir qator manbalar KXDR Moskvaga KN-09 kabi zamonaviy va kuchli MLRS yetkazib berishi haqida xabar bermoqda. Eslatib o‘tamiz, KN-25 tizimi Pxenyan tomonidan 2019-yilda taqdim etilgan va 400 km dan ortiq masofani bosib o‘tishi bilan faxrlanadi”, — dedi Baranchik.