Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradagi yo‘llarni portlatib yubordi

Shimoliy Koreya Janubiy Koreya bilan chegaradagi yo‘llarni portlatib yubordi

KXDR harbiylari o‘z navbatida mamlakatni Koreya yarim orolining janubi bilan bog‘lovchi yo‘llarning Kyonison va Tonxe liniyalari bo‘ylab qismlarini portlatib yubordi. Bu haqda Renxap agentligi Janubiy Koreya qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Birinchi yo‘l Kyonison liniyasi Koreya yarim orolining g‘arbida joylashgan bo‘lib, Keson (KXDR) va Paju (Janubiy Koreya) shaharlarini bog‘laydi. Ikkinchi chiziq Tonxe, Yaponiya dengizi sohilida joylashgan. Janubiy Koreya harbiylari jangovar tayyorgarligi oshirilgani haqida xabar berishdi.

Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi 14 oktyabr kuni Shimoliy Koreya harbiylari chegaradagi yo‘llarni portlatishga hozirlik ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi. Bundan biroz oldin KXDR Janubiy Koreya bilan avtomobil va temir yo‘llarni yopib qo‘ygani va chegarani “qal’aga” aylantirishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan edi.

13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chen Seulga Janubiy Koreyaning yana bir droni mamlakat hududiga qo‘nsa, “dahshatli fojiali oqibatlarga olib kelishi” bilan tahdid qildi. Janubiy Koreya dron uchirilganini rad etdi va Shimoliy Koreyani “rejim tugashi” bilan tahdid qildi. 15 oktyabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mudofaa masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, mamlakat suverenitetining buzilishini muhokama qildi.

Kiritildi: 11:02 15.10.2024. O'qildi: 1623 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!