50 million funt sterling - Shimoliy Irlandiya polisiyasi ma’lumotlari sizib chiqqanligi sababli o‘z xodimlariga jarimalar va kompensasiyalar uchun shuncha sarflashi mumkin.
Bu haqda The Irish Times Olster universiteti xodimi Jonni Birnning bahosiga tayanib yozmoqda.
8 avgust kuni polisiya vakilining aytishicha, bo‘lim xizmatning barcha xodimlari (familiyalari, bosh harflari, unvonlari va lavozimlari ko‘rsatilgan) haqidagi ma’lumotlarni yanglishib e’lon qilgan.
Nashrning Shimoliy Irlandiya polisiya federasiyasiga tayanib aniqlik kiritishicha, hozirda 2 mingga yaqin polisiyachi tovon puli olish uchun sudga murojaat qilmoqchi.