Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shimoliy Amerika asta-sekin yer ostiga cho‘kmoqda

Shimoliy Amerika asta-sekin yer ostiga cho‘kmoqda

Texas universitetining bir guruh geologlari Nature Geoscience jurnalida tadqiqot natijalarini e’lon qilishdi.

Gap shundaki, ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Amerika qit’asi asta-sekin yer ostiga “cho‘kmoqda”.

Buning sababi AQSh ostidagi qadimiy litosfera plitasi bo‘lib, u yer qobig‘ining gigant qismlarini mantiya (Issiq yadro va Yer yuzasi o‘rtasida joylashgan 3000 kilometr qalinlikdagi magmatik qatlam) chuqurligiga tortadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, qit’a qobig‘ining tubidan parchalanib ketgan ulkan tosh “bo‘laklari” mantiyaga singib ketmoqda. Bu jarayon Michigandan Nebraska va Alabamagacha bo‘lgan keng hududga xos bo‘lib, keyinchalik butun qit’aga tarqaldi. Uning asosiy oqibatlari, bu hududlarda yer qobig‘ining pastki qismidan qattiq jinslarning yo‘qolishidir.

Ushbu tabiiy hodisaning asosiy sababi mantiyaga botgan Farallon okean plitasining bo‘lagi bo‘lib, u Shimoliy Amerika plitasi bilan birgalikda AQShning g‘arbiy qirg‘og‘i bo‘ylab subduksiya zonasini (litosfera plitalari chegarasidagi zona, yer qobig‘ining ba’zi bloklari boshqalari ostidan “o‘tadi”) hosil qilgan.

Taxminan 20 million yil oldin, Farallon ulkan Tinch okean plitasi tomonidan bir necha bo‘laklarga bo‘lingan va keyinchalik qolgan qismlar ham bo‘laklarga bo‘linib, yanada chuqurroq cho‘kib ketgan. Farallon hozirda taxminan 660 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Biroq, vahima qilishning hojati yo‘q: olimlar mantiyaga “singib ketish” jarayonlari millionlab va hatto milliardlab yillar davom etishi mumkinligini tushuntirishdi, deb xabar beradi techcult.ru.

Kiritildi: 03:31 23.04.2025. O'qildi: 1543 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!