Bugun 30 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Shifokor kimga qovoq yeyish mumkin emasligini aytdi

A A A
Shifokor kimga qovoq yeyish mumkin emasligini aytdi

Qovoqni kattalar kuniga 200-300 gramm, bolalar esa 100 gramm iste’mol qilishlari mumkin, dedi Moskva sog‘liqni saqlash boshqarmasining mutaxassisi Andrey Tyajelnikov RIA Novosti bilan suhbatda. Bu haqda abnews.ru xabar bermoqda.

Shuningdek shifokor qandli diabet, surunkali gastrit va kislota tanqisligi bilan og‘rigan, buyragida toshi bor odamlar qovoqni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilishlari kerakligini ta’kidladi.

Ovqat hazm qilish tizimining buzilishi, pankreatit va xolesterinning kuchayishi mavjud bo‘lganda qovoq iste’mol qilishdan tiyilish kerak, deya qo‘shimcha qildi u.

Ma’lumot o‘rnida: qovoqda ko‘p miqdorda vitaminlar va mikroelementlar mavjud. Shuningdek, tabiiy antioksidantlar va o‘simlik oqsilining manbai hisoblanadi. Qovoq ovqat hazm qilish va metabolizmni yaxshilaydi, ko‘rish, immunitet tizimi, yurak va jigar faoliyatiga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tarkibidagi fitosterollar tufayli qovoq «yomon xolesterin» darajasini kamaytirishga yordam beradi.

Kiritildi: 20:21 01.11.2023. O'qildi: 4339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!