Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Shermatov: IMEI᾽ni ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtirish yo‘llarini topishimiz kerak

Shermatov: IMEI᾽ni ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtirish yo‘llarini topishimiz kerak

Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov fuqarolar uchun IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni osonlashtirish yo‘llarini topishga chaqirdi.
Yaqinda ushbu lavozimga tayinlangan Shermatov bu taklifni O‘zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish markaziga tashrifi davomida ma’lum qildi.
“IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini iste’molchilar uchun yanada osonlashtirish yo‘llarini topishimiz va unga ko‘ra, fuqarolar xizmatlardan oson va qulay foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun barcha choralarni ko‘rish zarur”, ­- dedi Sherzod Shermatov.

Vazir markaz faoliyati bilan tanishib, ishga tushurilishi rejalashtirilgan loyihalarni ko‘rib chiqdi. Yaqin kelajakda amalga oshirilayotgan loyihalar qatorida mobil telefon raqamlarini ko‘chirish tizimi loyihasi ham bor.

Kiritildi: 12:57 25.11.2021. O'qildi: 1825 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!