Joriy yilning 27-29 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi 11-turida Katerina Lagno bilan durang o‘ynagan Afruza Hamdamova 8 ochko bilan ayollar o‘rtasida 7-o‘rinni egalladi va 22.5 ming AQSh dollari pul mukofotini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Hamdamova rapid bo‘yicha +218 reyting ochkolarini ham qo‘shib olib, hozirgi reytingini 2406 ga yetkazdi.
Rapid bo‘yicha jahon chempionati yakunlari bo‘yicha o‘zbekistonlik erkak shaxmatchilarining natijalari esa quyidagicha: