Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Gukeshni mag‘lubiyatga uchratdi

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Gukeshni mag‘lubiyatga uchratdi

Shaxmat olimpiadasining 10-turida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Hindiston-2 jamoasi bilan durang qayd etdi (2:2).

Ushbu qarama qarshilikda Javohir Sindarov mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev va Jahongir Vohidov durang qayd etishdi.

Bahs taqdiri ikki jamoaning yetakchilari — Nodirbek Abdusattorov hamda Gukesh Dommarajmu o‘rtasidagi murosasiz kurashda hal bo‘ldi.

Hindiston terma jamoasining yosh yulduzi turnir davomida hali birorta mag‘lubiyatga uchramagandi. Bu bahsda ham Gukesh ustunlikka ega bo‘lib oldi, ekspertlar uning g‘alabasini qayd eta boshladi. Nodirbekka hatto durang qayd etish ham qiyinligi aytilayotgan bir paytda, hamyurtimiz bahs yakunni ajoyib tarzda o‘tkazdi va Gukesh hisobiga birinchi mag‘lubiyatni yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 20:48 08.08.2022. O'qildi: 3260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!