Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevning SHHT haqidagi maqolasi o‘z vaqtida e’lon qilindi — Alisher Qodirov

A A A
Shavkat Mirziyoyevning SHHT haqidagi maqolasi o‘z vaqtida e’lon qilindi — Alisher Qodirov

Insoniyat millionlab qurbonlar evaziga erishgan muvozanatini haqligidan shubha qilmayotgan yirik davlatlar o‘z manfaatlari yo‘lida “o‘yin qilayotgan” bir vaqtda, 15 ta davlat va 10 dan ortiq xalqaro tashkilot rahbarlari jam bo‘ladigan SHHTning Samarqand sammiti muhim xulosalar uchun imkoniyatga aylanishi kutilmoqda.

SHHT O‘zbekiston raisligi davrida, katta yoki kichikligiga qaramasdan, teng va manfaatli hamkorlikdan manfaatdor bo‘lgan dunyoning yarmini jamlab, ko‘plab davlatlar uchun ham jozibali tashkilotga aylangani e’tirof etilmoqda.

Ushbu e’tiroflar bilan birga, tinchimas urush mafkurachilari tomonidan Samarqand sammiti qarshi koalisiyani shakllantirishi mumkinligi haqidagi “bashorat”lar paydo bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidentining maqsadi batafsil yoritilgan, tinchlik va barqarorlik, o‘zaro manfaatli iqtisodiy va siyosiy ustuvorliklarni Samarqand ruhida umumlashtirgan takliflaridan iborat Samarqand sammiti haqidagi maqolasi o‘z vaqtida e’lon qilindi va ko‘plab taxminlarga javob bo‘ldi.

Dunyo shiddat bilan o‘zgarmoqda. Bugungi reallik qanchalar mustahkam va kuchli bo‘lmasin, hech kim yakka holda barqaror jamiyat qura olmasligini ko‘rsatib berdi. Yaqin tarixda shunday xomxayol insoniyatni ikkita lagerga bo‘lgan va bir tomonni taraqqiyotdan ortda qolib ketishiga olib kelganini dunyo hamjamiyati unutmagan.

Prezident SH.Mirziyoyev xalqlarimiz yana bo‘linish va tortishish emas, qit’alar, mintaqalararo transport yo‘laklarini ochish, o‘zaro manfaat keltiradigan savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish, taraqqiyot yo‘lida hamkorlikni mustahkamlash va madaniyatlararo do‘stona muloqot talab qilayotganini yozmoqda.

Shu nuqtai nazardan, bir necha ming yillik tarixida borlik va yo‘qlikdan sadoqat va xiyonatgacha barchasini ko‘rgan Samarqandda, unda mangu qo‘nim topgan, adolatga kuch ishlatish bilan erishib bo‘lmasligini vasiyat qilgan Amir Temur vatani O‘zbekiston zaminida dunyoda tinchlik va barqaror taraqqiyot ruhi tiklanishi kerak. Butun dunyo shunga umid qilmoqda.

Alisher Qodirov,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi

Kiritildi: 21:15 13.09.2022. O'qildi: 2576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!